Farg'ona viloyati fuqarolik jamiyati institutlari


Nodavlat Notijorat Tashkilotlari

person

Fargona viloyati “Salomatlik Plyus Ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti

Raxbari: Nazarova Xadicha Abdullayevna

Davlat ro'yxatidan o'tkanligi:

2015 yil 18 fevral, №72p-son

NNT maqsad va vazifalari:

Maqsadi: Viloyatda onalar, bolalar, ayollar, o‘smirlar va aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, har bir insonning o‘z sog‘ligini saqlashga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga va aholining yangicha ekologik dunyoqarashini rivojlantirishga, ekologik holatni barqarorlashtirishga ko‘maklashish. Vazifasi: Ayollarning reproduktiv salomatlik to‘g‘risidagi tibbiy savodxonligini oshirish.

Assosiatsiyaga a'zoligi:

2022 yil 5 may, №0392-09/21-son

NNT faoliyat yo'nalishi:

Aholi ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida sog‘ligi va tibbiy-ijtimoiy kasalliklar (anemiya, yo‘d yetishmasligi kasalliklari, sil, tanosil, onkologik, SPID, virusli gepatit, yuqumli kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklari) ko‘rsatkichlarini, tibbiy bilim saviyasini, ekologik vaziyatning yomonlashishi aholi sog‘ligiga ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganish uchun tibbiy-ijtimoiy va ekologik tekshiruvlar o‘tkazish ishlarini amalga oshirish.

NNT tomonidan amalga oshirilgan loyihalar to'g'risida:

Farg‘ona viloyati "Salomatlik plyus ekologiya" markazi tomonidan 2023 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tashkiloti Mariya Dostenkoning 78 048 435 so‘m miqdoridagi hamda Xalqaro migratsiya tashkilotidan (IOM, Toshkent) Zeynal Xajiyevning 114 250 000 so‘m grant tanlovlari g‘olibi bo‘lib, ““Salomatlik plyus ekologiya” markazi xodimlarini texnik va boshqaruv bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish va NNT institusional rivojlantirish”, “Ijtimoiy va xulq atvorni o‘zgartirish bo‘yicha muloqot kompaniyasini o‘tkazish, migratsiyadagi zaif ayollarning tegishli roli va hulq atvori haqida jamiyatning zararli e’tiqodlari va qarashlarini o‘zgartirish” mavzularidagi grant loyihalarini amalga oshirmoqda. 2023 yilda Oliy majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 1 400 000 000 so‘mlik davlat ijtimoiy buyurtmasi g‘olibi bo‘lib, loyihani amalga oshirmoqda.

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Toshxovuz ko‘chasi, 4/1-uy Tel.: 90-556-48-76

© 2024 Barcha huquqlar himoyalangan.

Savollaringiz bormi?